Bepul boshlash

Test tuzish endi bir daqiqalik ish

Darslik sahifasini suratga oling yoki fayl yuklang — testkor savollarni, variantlarni va to‘g‘ri javobni o‘zi ajratadi. Keyin havola yuboring yoki sinfda viktorina o‘ynang.

  • AItekshiruv
  • 8xil savol turi
  • 300o‘yinchigacha viktorina
  • Rasm · PDF · Word · Excel
  • Lotin · Kirill · Rus
  • Telegram’da ham ishlaydi
  • Natijalar Excel’da

Test tuzish

To‘rt xil usul — qaysi biri qulay bo‘lsa

Savollarni birma-bir terish shart emas. Tayyor materialingiz qanday ko‘rinishda bo‘lsa, shundan boshlang.

Suratga oling yoki fayl yuklang

Darslik sahifasi, eski test varag‘i yoki kompyuterdagi fayl — AI savol, variant va to‘g‘ri javobni ajratib beradi.

  • JPG, PNG, PDF, Word va Excel
  • Qo‘lyozma va xira rasmlar ham
  • Rasm, jadval va formulalar saqlanadi

Savol turlari

Oddiy testdan tortib yozma javobgacha

BuxoroSamarqandXiva

Bitta javob

Klassik A-B-C-D test

H₂ONaClCO₂

Bir nechta javob

Bir necha to‘g‘ri variant

To‘g‘riNoto‘g‘ri

To‘g‘ri / Noto‘g‘ri

Tezkor tekshiruv uchun

ToshkandAI ✓

Yozma javob

AI ma’nosi bo‘yicha tekshiradi

NavoiyXamsaBoburBoburnoma

Moslashtirish

Juftliklarni ulash

113362137031405

Tartiblash

Voqealarni ketma-ket qo‘yish

Bu qaysi shahar?

Rasmli savol

Xarita, sxema, jadval

Amir Temur 1336 yilda tug‘ilgan.

Bo‘sh joyni to‘ldirish

Gapdagi so‘zni yozish

AI tekshiruvchi

Yozma javoblarni ham AI tekshiradi

O‘quvchi javobni o‘z so‘zi bilan yozadi — testkor kalitga emas, ma’noga qaraydi. Daftar tekshirishga ketadigan soatlar tejaladi.

  • Imlo xatosiToshkandTo‘g‘ri
  • KirilldaТашкентTo‘g‘ri
  • SinonimShoshTo‘g‘ri
  • O‘z so‘zi bilanPoytaxt — Toshkent shahriTo‘g‘ri
  • Boshqa javobSamarqandXato

Shubhali javoblarni sizga ko‘rsatadi — yakuniy baho doim sizda.

Viktorina o‘yini

Darsni viktorinaga aylantiring

Tayyor testni bir bosishda o‘yinga aylantiring. Savol ekranda, javob — o‘quvchining telefonida. Tez va to‘g‘ri javob ko‘proq ball olib keladi.

482915
1

Ekranga chiqaring

Proyektor yoki doskada PIN va QR-kod paydo bo‘ladi.

482 915MadinaKirish
2

Telefondan kiring

O‘quvchi PIN va ismini yozadi — ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Jasur2Madina1Dilnoza3
3

G‘oliblarni taqdirlang

Har savoldan keyin reyting, oxirida — g‘oliblar podiumi.

  • Tezlikka qarab ball
  • Seriya bonusi
  • Jamoaviy rejim
  • Musiqa va taymer
  • Telegram guruhda o‘ynash
  • Uyga vazifa rejimi

Ulashish va natijalar

Kim nimani bilmasligini darhol ko‘rasiz

Testni havola yoki QR-kod bilan yuboring. O‘quvchilar ishlab bo‘lishi bilan har birining natijasi va har bir savol tahlili tayyor.

  • Havola, QR-kod yoki Telegram orqali ulashish
  • Savol va variantlar har kimga aralash tushadi
  • Taymer, bitta urinish, oyna almashtirish nazorati
  • Qiyin savollar qizil bilan ajralib turadi
  • Natijalar Excel’ga bir bosishda

Telegram bot

Telegram’dan chiqmasdan test tuzing

Rasmni botga yuboring — bir necha soniyada test tayyor. Uni o‘quvchilarga yuboring yoki guruhda viktorina o‘tkazing.

  • Rasm, PDF yoki matnni botga yuboring
  • O‘quvchilar bot ichida yechadi
  • Guruhda viktorina va reyting
  • Sayt va bot — bitta akkaunt

O‘quv markazlari uchun

Testdan davomatgacha — bitta tizim

Guruhlar, o‘quvchi kabinetlari, davomat, to‘lovlar va reyting bir joyda. O‘quvchi darsga kelmasa — ota-onasiga avtomatik SMS boradi.

O‘quvchi va guruhlar
Davomat jurnali
Ota-onaga SMS
To‘lovlar nazorati
Elektron kutubxona
Reyting va hisobotlar
Markaz uchun demo

Tariflar

Bepul boshlang, o‘sganingizda o‘ting

Bepul

Sinab ko‘rish uchun

0 so‘m · doimiy

  • 10 ta test · 150 tagacha savol
  • Viktorinada 30 o‘yinchi
  • AI import: oyiga 5 sahifa
  • AI tekshiruv: oyiga 50 javob
  • Natijalar 30 kun saqlanadi
Bepul boshlash
Ko‘p tanlanadi

Pro

Har kuni test o‘tkazadiganlar uchun

25 000 so‘m / oy

  • Cheksiz test · 300 tagacha savol
  • Viktorinada 100 o‘yinchi
  • AI import: oyiga 100 sahifa
  • AI tekshiruv: oyiga 1 000 javob
  • Natijalar Excel’ga, 1 yil saqlanadi
Tanlash

Markaz

O‘quv markazlari va maktablar uchun

3 000 so‘m / o‘quvchi / oy

  • «Pro» tarifidagi hammasi
  • Viktorinada 300 o‘yinchi
  • Davomat va ota-onaga SMS
  • To‘lovlar, kutubxona, reyting
  • Markazingiz logotipi bilan
Bog‘lanish
Savolingiz bormi? To‘lov, tariflar yoki markaz uchun alohida narx bo‘yicha yozing — tez javob beramiz.
Tariflarni batafsil solishtirish
BepulProMarkaz
Testlar soni10∞∞
Bitta testdagi savollar150300300
Mustaqil test topshirishlar (oyiga)100∞∞
Jonli o‘yin va Telegram guruhda ishtirokchi30100300
Telegram botda test yechish✓✓✓
AI import (sahifa / oy)5100600
Yozma javobni AI tekshirishi (javob / oy)501 00020 000
Daftar rasmidan javob (oyiga)10602 000
Qo‘shimcha paket: +300 rasm—9 900 so‘m9 900 so‘m
Mavzudan AI test (oyiga)312200
Natijalar saqlanadi30 kun1 yil1 yil
Natijalarni Excel’ga yuklash—✓✓
Telegram’da hisobot va eslatmalar✓✓✓
Davomat, ota-onaga SMS, logotip——tez orada

Javob varag‘ining 1 rasmi 3 ta hisoblanadi — u bitta rasmda barcha javoblarni o‘qiydi. Qo‘shimcha paket oylik limit tugagach ishlatiladi va oy oxirida yonib ketmaydi.

To‘lov: Click, Payme yoki Uzcard, Humo, Visa/Mastercard kartasi. Avtomatik uzaytirish yo‘q — kartadan pul o‘zidan yechilmaydi.

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

AI testni qanchalik to‘g‘ri o‘qiydi?

Aniq bosilgan sahifalarni deyarli xatosiz o‘qiydi, qo‘lyozma va xira rasmlarda ham ishlaydi. Ishonchi past joylarni sariq bilan belgilaydi — test siz tasdiqlaganingizdan keyingina o‘quvchilarga chiqadi.

Viktorinaga nechta o‘quvchi qo‘shila oladi?

Bepul tarifda 30, «Pro» tarifida 100, «Markaz» tarifida 300 tagacha o‘yinchi. O‘quvchilar PIN yoki QR-kod orqali kiradi, ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

Yozma javoblar qanday tekshiriladi?

Avval kalitga aynan mosligi, keyin imlo xatolari hisobga olinadi. Qolganini AI ma’nosi bo‘yicha baholaydi. Har qanday bahoni qo‘lda o‘zgartirishingiz mumkin.

Telegram bot va sayt bitta akkauntmi?

Ha. Botda yaratgan testlaringiz saytda, saytdagilari botda ko‘rinadi.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Ilovadagi «Tariflar» bo‘limidan: Click, Payme yoki Uzcard, Humo, Visa/Mastercard kartasi bilan. Tarif to‘lovdan keyin darhol yoqiladi, avtomatik uzaytirilmaydi. Yillik to‘lovda 20% chegirma.

Ma’lumotlarim xavfsizmi?

Testlar va natijalar faqat sizga ko‘rinadi, to‘g‘ri javoblar o‘quvchilarga oldindan chiqmaydi. Ma’lumotlar har kuni zaxiralanadi.

Bepul tarif doimiymi?

Ha, muddatsiz. Karta kiritish shart emas — limitlar yetmay qolganda xohlasangiz tarifni oshirasiz.

AI limiti tugasa nima bo‘ladi?

Testlar ishlayveradi: variantli savollar avtomatik tekshiriladi, yozma javoblarni o‘zingiz bir bosishda baholaysiz. Daftar rasmlari uchun +300 rasmlik qo‘shimcha paket bor — u oy oxirida yonib ketmaydi.

O‘quvchi internet sekin bo‘lsa ham kira oladimi?

Ha. O‘yin sahifasi yengil, o‘quvchi faqat PIN kiritadi — ro‘yxatdan o‘tish va ilova o‘rnatish kerak emas. Saytning o‘ng pastidagi joystik tugmasi orqali ham kiriladi.

To‘langan pulni qaytarish mumkinmi?

Ommaviy ofertaga ko‘ra to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi. Shuning uchun avval bepul tarifda sinab ko‘ring yoki 1 oylik tarifdan boshlang.

Siz bilan qanday bog‘lanaman?

Telegram: @synorio · pochta: [email protected]. Markaz uchun alohida narx yoki demo kerak bo‘lsa ham shu yerga yozing.

Barcha yo‘riqnomalar: test tuzish, viktorina, uyga vazifa

Keyingi testingizni testkor’da o‘tkazing

Bepul boshlang — karta kerak emas. Tez orada ishga tushamiz: birinchilardan bo‘ling.

Bepul boshlash